
Tayson Fyuri Eddi Xirnning u Usik va Joshuadan qochishi xaqidagi fikriga javob berdi
Professional boksning og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri navbatdagi jangini 23 aprel kuni "Uembli" stadionida da’vogar Dillian Uaytga qarshi o‘tkazadi. Oldinroq Fyurining jamoasi Joshua va Uaytga taklif bilab chiqib, Fyuri va Usik jangiga qo‘yib berishlarini so‘rab pul taklif qilgan. Kelishuv amalga oshmagach, Eddi Xirn uni Usik bilan jang qilishdan qochganini aytib tanqid qilgan edi. Tayson Fyuri esa bunga o‘ziga hos javob qaytardi.
"Men Usik bilan haftada etti kun, yakshanba kuni 62 marta uning hovlisida jang qilardim. Usik va Joshua bilan bir kechaning o‘zida jang qilgan bo‘lardim, men ularni qadrlamayman, ular men bilan solishtirganda ahmoq.
Kimdirdan qochishga kelsak, men Deontey Uaylder bilan uch marta jang qildim. Nima deb o‘ylaysiz, meni o‘rta vazn bokschisi yoki qandaydir bodibilder bezovta qiladimi? Men ularni yo‘q qilaman", - deydi Fyuri IFL TVga.
Fikrlar