Tayson Fyuri meksikalik Saul Alvaresga "dars" berib qo‘yuvchi bokschini aytdi

  • 14 aprel, 2021, 09:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Eng og‘ir vazn toifasida WBC yo‘nalishi chempioni Tayson Fyuri WBO super o‘rta vazn chempioni Billi Jo Sondersning WBA va WBC super o‘rta vazn chempioni Saul Alvares ustidan g‘alaba qozonishiga ishonmoqda.

Tecno

“Kanelo” - Sonders qarama-qarshiligi, eng yaxshi o‘rta yoki super o‘rta vazn toifasidagi jang! O‘ylaymanki, Billi Jo unga boks bo‘yicha dars beradi. Mana, men shuni ko‘rishni kutmoqdaman. Menimcha aynan shu narsa bo‘ladi.

"Kanelo" mag‘lubiyatning achchiqligini boshdan kechirgan va biz uni mag‘lub etishimiz mumkinligini bilamiz, chunki biz buni oldin ham ko‘rganmiz ", - dedi Fyuri.

Ma’lumki, Tayson Fyuri hamda Jo Sonders britaniyalik bokschilar hisoblanadi. "Kanelo”-Sonders jangi esa 8 may kuni Arlingtonda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!