Ten Hag: “Ishoning, biz harakat qilmoqdamiz”

  • 11.12.2022 21:18
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted”ni Krishtianu Ronaldu tark etganidan so‘ng, klubga to‘purar kerak. Sababi, “qizil iblislar” Premer-Liganing 14 ta o‘yinida 20 ta gol urdi. Bu hamshaharlaridan ikki barobar kam degani(“Manchester Siti”da 40 ta gol). Jamoaning to‘purari Reshfordning hisobida 4 ta gol mavjud. Futbolchi chempionatda to‘purarlar ro‘yxatida 22-o‘rinni band qilib turibdi.

Bosh murabbiy Erik Ten Hag qishda hujumchi sotib olinishini aytdi. Unga strayker qidirayapsizmi degan savolga quyidagicha javob berdi.

Ha, lekin bizga kerakli o‘yinchini topganimizda. Qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilmoqdamiz”, - dedi 52 yoshli mutaxassis.

Ten Hagga Kodi Gakpo haqida savol berishganda u shunday dedi:


Men aniq futbolchilar haqida javob bera olmayman. Uning shartnomasi bor va men buni hurmat qilaman. Ammo ishoning, biz kerakli futbolchi sotib olishga harakat qilmoqdamiz

“Manchester Yunayted” Ramush transferiga ham qiziqayotgani haqida mish-mishlar paydo bo‘lmoqda. Futbolchi mundialning Shveytsariyaga qarshi chorak final bahsida xet-trik qilishga muvaffaq bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!