Ten Hag MYuga A Seriyadan himoyachi olib kelmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Inter" qanot himoyachisi Denzel Dyumfris faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Tuttosport" nashri yozmoqda. 

Manbaning xabariga ko‘ra, Dyumfris transferini "qizil iblislar"ning yangi murabbiyi Erik ten Hagning shaxsan o‘zi xohlamoqda. Futbolchi xizmatiga shuningdek, "Tottenxem" va "Bavariya" klublari ham qiziqish bildirmoqda."Inter" fullbek transferidan 40 million evro ishlab olmoqchi. 

Ma’lumot uchun, himoyachi joriy mavsum 41 ta o‘ynida maydonga tushib, o‘z nomiga 5 ta gol va 7ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!