
Ten Xag: "Biz MYu uchun kelajak qurmoqchi edik, Ronaldu esa uning bir qismi bo‘lishni istamadi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoadan ketgan futbolchi Krishtianu Ronaldu borasidagi savollarga javob berdi.
- Ronaldu bilan bog‘liq vaziyat haqida nima deya olasiz?
- Bu allaqachon o‘tmishda qoldi. Biz oldinga qadam tashlashimiz va ishlashda davom etishimiz kerak.
- Krishtianu ketishini e’lon qilgandan so‘ng u bilan gaplashdingizmi?
- Yo‘q.
- Uning o‘zini tutishi ko‘pchilikni ranjitgani shubhasiz. "Xiyonat" kabi so‘zlarning ishlatilishi esa hurmatsizlik bo‘ldi. Shu vaziyatda nimalarni his qildingiz?
- Aytganimdek, bularning hammasi o‘tmishda qoldi. Men davom etishni istayman. Biz "Manchester Yunayted" uchun kelajak qurmoqchi edik, Ronaldu esa uning bir qismi bo‘lishni istamadi. Bunga ortiqcha e’tibor qaratishni istamayman", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Fikrlar