Ten Xag jarohati yo‘q Sanchoni nega maydonga tushirmayapti?

  • 6 yanvar, 2023, 11:45
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni dam "MYu"da Jeydon Sancho jarohatlanganlar ro‘yxatiga kiritilmagan, ammo umumiy guruh bilan mashg‘ulot o‘tkazgani yo‘q va o‘yinlar uchun ro‘yxatga kiritilmayapti. "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag ushbu vaziyatga oydinlik kiritishga harakat qildi.

Tecno

"Men Jeydonning imkon qadar tezroq maydonga qaytishini juda xohlardim, lekin bu jarayonni tezlashtira olmayman. Men qo‘limdan kelgan hamma narsani qilaman.

Sancho formaga qaytsa, u biz uchun qo‘shimcha variant bo‘ladi. O‘yinlarda g‘alaba qozonish uchun ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lamiz. Bu qachon sodir bo‘ladi, men bilmayman. U hozir formada emas", - deya tushuntirdi Ten Xag.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!