Ten Xag Kazemiro borasidagi savolga javob bermadi

  • 19 avgust, 2022, 20:37
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Real" yarim himoyachisi Kazemironing kelishi haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq "qaymoqranglilar" ustozi Karlo Anchelotti braziliyalikning "qizil iblislar" safiga o‘tish istagini tasdiqlagan edi.

Tecno

“Men bu savolga javob bermoqchi emasman. Sizlarga hozircha bu haqida hech narsa ayta olmayman”, - deydi Ten Xag o‘zining matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Kazemiro "Manchester Yunayted"da "Real"dan ko‘ra ko‘proq maosh oladi. Inglizlar futbolchiga uzoq muddatli shartnoma taklif qilgan. Yarim himoyasi MYuda haftasiga 400 ming evro olishi ko‘zda tutilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!