Ten Xag kelsa ham, “Yunayted”da qolmayman!

  • 5 may, 2022, 10:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Jessi Lingard yozda jamoadan ketish haqidagi fikrini o‘zgartirmasligini bildirdi.

“Manchester Yunayted”dan ketmoqchi bo‘layotgan ayrim o‘yinchilar, yakuniy qarorga kelishdan oldin yangi tayinlangan bosh murabbiy Erik ten Xag bilan suhbatlashib olishni ma’qul ko‘rmoqda.

Biroq, Lingard bunday qilmoqchi emas.

29 yoshli futbolchi yanvardayoq “Nyukasl”ga o‘tmoqchi bo‘lgandi. Lekin klub mutasaddilari bu transferni bloklab qo‘ydi. Garchi “Manchester Yunayted” hujumkor futbolchiga yangi bitim taklif qilgan bo‘lsa-da, o‘ziga berilayotgan o‘yin vaqtidan norozi bo‘lgan Lingard shartnomani qabul qilmadi.

Yozda erkin agentga aylanadigan o‘yinchi o‘ziga bildiriladigan har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qildi. Jessi bu mavsum barcha turnirlarda 22 ta uchrashuv o‘tkazib, ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!