Ten Hag Maguayr haqida gapirdi

  • 26 oktabr, 2022, 22:23
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik Ten Hag Evropa Ligasi doirasidagi "Sherif"ga qarshi bahs oldidan jamoa sardori Xarri Maguayrning tarkibga qaytgani haqida gapirdi. Himoyachi 15 sentyabrdan buyon o‘ynamayapti. 

Tecno

"U doim muhim rol o‘ynaydi. Xarri jarohat olgandi, sog‘ayib safga qaytganidan xursand. Endi o‘yinga qaytishi lozim. 

Uning fazilatlariga kelsak, bu bilan hech qanday muammo yo‘q. Maguayr ajoyib o‘yinchi va biz istayotgan vazifani bajarish salohiyatiga ega", - dedi niderlandiyalik murabbiy. 

Ma’lumot uchun, angliyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 5 ta o‘yinda ishtirok etib, samarali harakat amalga oshirmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!