Ten Xag Ronaldu masalasini hal qildi

  • 7 may, 2022, 18:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ni yozda qabul qilib oladigan Erik ten Xag jamoa to‘purari Krishtianu Ronaldu bo‘yicha o‘z qarorini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda The Telegraph nashri.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, niderlandiyalik mutaxassis 37 yoshli hujumchini jamoada saqlab qolmoqchi va uni kelasi mavsum etakchi rollardan birida ko‘rmoqda.

Hozir ten Xag portugaliyalik yulduzdan qanday qilib ko‘proq samara chiqarish usulini qidirmoqda. Bo‘lajak bosh murabbiyda yangi tarkibni aynan Ronaldu atrofida shakllantirish varianti ham borligi aytilmoqda.

Bundan tashqari, bu yoshda Ronaldu har bir uchrashuvda yuqori darajada o‘ynay olmasligi tabiiy. Ten Xag uni  jamoada ichki muhit va ishqiyoqni to‘g‘ri shakllantirishda, jamoani o‘z ortidan ergashtirishda xizmati katta bo‘ladi, deb hisoblamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!