Ten Xag Ronalduga ishonadi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xagdan Krishtianu Ronaldu o‘tgan mavsumdagi formasiga qaytishi mumkinmi, deb so‘rashdi.
“Hammasi uning o‘ziga bog‘liq. O‘ylaymanki, Ronaldu yaratayotgan va u uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni hisobga olsak, Krishtianu oldingi darajasiga qayta oladi, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Demak, bu mumkin. Men unga ishonaman”, dedi Ten Xag.
Krishtianu Ronaldu 2022/2023 yilgi mavsum “Manchester Yunayted” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta gol va bitta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar