
"Ten Xag Ronalduni zaxiraga qoldirib, to‘g‘ri qaror qabul qildi"
"Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasining 12-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda Londonning "Tottenxem" klubi darvozasiga javobsiz ikkita gol urdi. Gollarga Bruno Fernandesh va Fred mualliflik qildi.
Mazkur bellshuvda portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu zahira o‘rindig‘ida qoldirildi va u o‘yin tugashidan oldin echinish xonasiga yo‘l oldi. Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Alan Shirer vaziyatga quyidagicha izoh berdi:
- Ronalduning hafsalasi pir bo‘lganini tushunaman, lekin keling, vaziyatga boshqa tomondan qaraylik, "Manchester Yunayted" juda yaxshi o‘ynadi. Murabbiy qiyin tanlov qildi, lekin bu to‘g‘ri qaror edi, - dedi Shirer.
Fikrlar