Teo Ernandes: "Messi bizni qo‘rqitolmaydi"

  • 15.12.2022 08:58
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyalik himoyachi Teo Ernandes Argentinaga qarshi JCh-2022 finalidan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Messi bizni qo‘rqitolmaydi. Argentina juda kuchli jamoa. O‘yin ajoyib bo‘lishini bilamiz. Tayyorlanishimiz uchun bir necha kun bor. Ular bizga muammo tug‘dirmaydi", - deya Ernandesning so‘zlarini keltirdi TF1.

Ma’lumot uchun, JCh-2022da Ernandes 5 ta uchrashuvda qatnashib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U kecha Marokash darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi va jamoasining g‘alabasiga muhim hissa qo‘shdi.

Frantsiya jahon chempionati finalida Argentinaga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 18 dekabr kuni "Lusail" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!