
Teofimo Lopes va Jorj Kombosos jangi Triller kompaniyasi tomonidan bekor qilindi
Professional boksning engi vazn toifasida WBA, WBO va IBF kamarlari uchun bo‘lishi belgilangan Teofimo Lopes va Jorj Kombosos jangi bekor qilindi.
Dastlab, uzoq kechiktirishlardan so‘ng jang 4 oktyabrga belgilangan edi. Lekin "Monday Night Football" o‘yinlari bilan muhlislik e’tibori bo‘linishi mumkinligi sababli jang 16 oktyabrga qayta ko‘chirildi. Lopes yangi sana uchun rozi bo‘lib shartnomaga imzo chekkan bo‘lsa, Kombosos uni rad etdi. Triller kompaniyasi IBFga rasmiy xat bilan murojaat qilib, ushbu bahsni bekor qilganini va Kombosos kafolatlangan gonarni hisob qaramiga tushurib berishni so‘rab, yangi sana va hatto shartnomada belgilangan 4 oktyabr sanasiga ham jangni rad etgani sabab, unga chora ko‘rishni so‘ragan.
Shunday qilib, mazkur to‘qnashuv jang kechasi kardidan olib tashlandi. Qolgan anderkard janglari esa belgilangan vaqtda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu kechada hamyurtimiz Jamshidbek Najmiddinov ham Uill Maderaga qarshi ringga ko‘tariladi.
Fikrlar