
Ter Shtegen: “Barselona” albatta uyg‘onishi va javob o‘yinini kutishi shart
Kataloniyaning “Barselona” klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen kecha bo‘lib o‘tgan “Yuventus”ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz juda yoqimsiz oqshomni o‘tkazdik. Birinchi bo‘lim “Barselona” uchun atalmagan edi. Jamoa albatta uyg‘onishi va javob o‘yinini kutishi shart.
Biz hozir nimalarnidir o‘ylashimiz emas, muhimi o‘zimizni to‘liq tiklab olishimiz haqida o‘ylashimiz kerak. Agar biz keyingi bosqichga chiqishni istasak, bunga to‘liq tayyor bo‘lishimiz kerak”, - deydi germaniyalik gokiper Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.
Inesta: Agar hammasini to‘g‘ri bajara olsak, natijani o‘z tomonimizga og‘dirib olishimiz mumkin
Dibala joriy mavsum "Barselona" darvozasiga eng tezkor golni kiritdi
Fikrlar