
Ter Shtegen cuperkubok yarim finalidan so‘ng nimalar dedi?
Ispaniya cuperkubogi yarim finalida Xavi shogirdlari "Betis"ni qabul qilib, penaltilar seriyasiga ko‘ra finalga yo‘l oldi (2:2, penaltilar bo‘yicha 4:2). Darvozabon Mark-Andre ter Shtegen o‘yinni sarhisob qildi.
"O‘yin juda qiyin bo‘ldi, raqib to‘pga ko‘p egalik qildi. Finalga chiqqanimizdan xursandmiz. Penaltilar paytida men aqlim va sezgimdan foydalanaman va bu har doim yordam beradi.
O‘yinlarda maksimal foydali harakat qilishni xohlardim. Lekin o‘ylaymanki, o‘tgan yil davomida men yaxshi formada bo‘ldim.
Final juda qiziqarli o‘yin bo‘ladi. Bunday bahsni hamma ko‘rishni xohlaydi. Biz unda g‘alaba qozonamiz, degan umiddaman”, - dedi kataloniyaliklar posboni.
Eslatib o‘tamiz, finalda Ispaniya superkubogi finalida "el-klasiko"ga guvoh bo‘lamiz. Mazkur uchrashuv 15 yanvar kuni tungi soat 00:00 da start oladi.
Fikrlar