
Terma jamoamiz bugun qanday rangdagi libosda harakat qiladi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralash bahslarining “D” guruhida Singapurga qarshi uchrashuv o‘tkazadi. O‘yin 7 iyun kuni Riyoddagi “King Fahd” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu bahsda futbolchilarimiz oq-ko‘k-oq rangli sport formasida maydonga tushadi. Darvozabonimiz qora rangli libos kiyadi.
Singapur esa qizil formada harakat qiladi. Raqib jamoa posboni yashil rangdagi libosni kiyadi.
Fikrlar