
Terma jamoamiz guruh bosqichida jami nechta gol urdi? Kimda nechtadan gol bor?
"CAFA Nation's Cup" turniri guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Tojikiston o‘yini yakuniga etdi. Unda vakillarimiz yirik 5:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvda gollarga Jasur Yaxshiboev, Eldor Shomurodov (penalti), Abbos Fayzullaev, Xojimat Erkinov va Oston O‘runov (penalti) mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona golini Parviz Umarboev jarima zarbasidan kiritdi.
Guruh bosqichida yuz foizlik natija qayd etgan terma jamoamiz gollari guruh bosqichida 10 ta gol urdi va 1 ta gol o‘tkazib yubordi. Termamiz sardori va hujumchisi Eldor Shomurodov 2 o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, Masharipov hisobida ikkita gol bor. Oston O‘runov, Jasur Yaxshiboev, Abbosbek Fayzullaev, Hojimat Erkinov va Hojiakbar Alijonov kabi futbolchilarimiz hisobda esa bittadan gol mavjud.
Fikrlar