Terma jamoamizni bugun Osiyo kubogi saralashi doirasida muhim uchrashuv kutib turibdi

  • 11 iyun, 2022, 02:34
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Milliy terma jamoasi Osiyo kubogi yo‘llanmasi uchun kurash olib bormoqda. Ilk turda hamyurtlarimiz Shri-Lankaga qarshi maydonga chiqdi va yirik 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Vakillarimizni bugun Maldiv Orollariga qarshi muhim bellashuv kutib turibdi. Ayni vaqtda Tailand va O‘zbekiston hisobida 3 ochko mavjud. Shri-Lanka va Maldiv Orollari hisobida hozircha ochko yo‘q. 

Qayd etish lozim, o‘z guruhida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoa 2023 yilda Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga yo‘llanmani naqd qiladi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!