
Tezkor! “Liverpul” sotuvga qo‘yildi
“Liverpul”ga egalik qiluvchi “Fenway Sports Group” (FSG) kompaniyasi klubni sotuvga qo‘ydi. Bu haqda The Athletic nashr jurnalisti Devid Ornshteyn xabar tarqatdi.
FSG kompaniyasi muntazam ravishda “Liverpul” aktsiyalariga xaridor bo‘layotgan uchinchi tomondan klubni sotish bo‘yicha taklif olib kelmoqda. Avvalroq, klub xo‘jayinlari munosib taklif bo‘lsa, “Liverpul”ni sotib yuborishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishgan.
FSG kompaniyasi futbol ichida ham, undan tashqarida ham “Liverpul”ning manfaatlarini ko‘zlab ish yuritmoqda, - deyiladi tashkilotning The Athletic nashriga bergan bayonotida.
Ayni paytda klub savdosi bo‘yicha muzokaralar qaysi kompaniyalar bilan olib borilayotgani sir tutilmoqda. FSG kompaniyasi asoschisi Jon Henri “Liverpul”ni 2010 yili sotib olgan edi. Shundan beri “qizillar” 2019 yili Chempionlar ligasida, keyingi mavsumda Angliya premer-ligasida zafar quchdi.
Fikrlar