
Tezkor! Shaxmat bo‘yicha FIDE jahon chempionati O‘zbekistonda o‘tkaziladi
Yurtimiz yana bir yirik sport musobaqasiga mezbonligini qo‘lga kiritdi. Shaxmatning rapid va blits bo‘yicha joriy yilgi FIDE jahon chempionati ko‘hna Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida e’lon qilindi.
Sayyoramizning eng kuchli shaxmatchilari ishtirok etadigan dunyo birinchiligi joriy 2023 yilning 26-30 dekabr kunlari o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilgi rapid va blits bo‘yicha joriy yilgi FIDE jahon chempionati qo‘shni Qozog‘istonning Olmota shahrida tashkil etilgan va unda norvegiyalik Magnus Karlsen mutlaq chempionlikni tantana qilgan edi edi.
Fikrlar