Tezkor! Shomurodov umuman kutilmagan jamoadan taklif oldi!

  • 1 sentabr, 2022, 04:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropada transferlar oynasi yopilish arafasida tarkibini kuchaytirmoqchi bo‘layotgan  jamoalar so‘nggi urinishlarini amalga oshirmoqda.

Xususan, “Roma”da o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgan hujumchi Eldor Shomurodovga kutilmagan xaridor paydo bo‘ldi.

large

La Gazzetta dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, A Seriya vakillaridan “Lechche” transferlar oynasining oxirgi kunida o‘zbek hujumchisini so‘rab, “Roma”ga murojaat qilgan.

Rimliklar ustozi Joze Mourino “Montsa”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin Eldor Shomurodovning transferi masalasi atrofida yuzaga kelgan bosim pasaygani va hujumchi endi jamoaga yordam berishi mumkinligini ta’kidlagan edi.

Ekspertlar portugaliyalik mutaxassisning bu gaplari Shomurodovning “Roma”da qolishi anglatadi, deb baholagan.

Shunga qaramay, “Lechche” sport direktori Pantaleo Korvino Eldor Shomurodovni qo‘lga kiritishga urinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodovga Italiyaning o‘zidan “Bolonya”, “Torino”, Montsa”, “Sassuolo”, “Sampdoriya”, “Salernitana” kabi jamoalar qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisini olish maqsadida Turkiyaning eng mashhur klublari  - “Trabzonspor”, “Galatasaroy” va “Beshiktosh” rimliklar bilan muzokara olib borgan.

Yozgi transferlar mavsumida davomida Eldor Shomurodovga Angliya, Frantsiya, Germaniya, Saudiya Arabistoni jamoalaridan chorlovlar bo‘lgani haqida ham xabarlar tarqatildi. Biroq, hamyurtimiz faoliyatini Italiyada davom ettirishni maqsad qilgani bois, bu chorlovlar rasmiy takliflar va muzokaralargacha etib bormadi.

Eldor Shomurodov “Mash’al”, “Bunyodkor”, “Rostov”, “Jenoa” va “Roma” jamoalari safida jami 221 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 45 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 23 ta golli uzatma oshirgan.

27 yoshli hujumchimiz o‘tgan mavsumda "Roma" safida 40 ta uchrashuvda qatnashib, beshta gol va oltita golli uzatma muallifi bo‘ldi. Shuningdek, Eldor faoliyatidagi dastlabki sovrin - UEFA Konferentsiyalar ligasi chempionligiga sazovor bo‘ldi.

202957_m

Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida jami 53 ta bellashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 30 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Transferlarga ixtisoslashgan https://www.transfermarkt.world portali bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan forvardni sakkiz million evroga baholagan. Biroq, Rim klubi o‘tgan yili Shomurodov uchun “Jenoa”ga 18 million evro sarflaganini inobatga olib, xaridorlardan o‘zbek futbolchisi uchun 14 million evro talab qildi.

So‘nggi imkoniyat: Shomurodovga uch da’vogar va Eldor qaysi klubga nasib qiladi?

Mourino Abraxamdan qattiq norozi, endi Shomurodovga imkon beradimi?

Jamoasiga ilk g‘alabani keltirgan futbolchimiz eng zo‘rlar qatoridan joy oldi!

Evropa klublari nazariga tushgan legionerimiz yana gol urib, jamoasini birinchi o‘ringa ko‘tardi!

Shomurodov Rossiyaga qaytadimi?

“Roma”: Shomurodov superto‘purar yo‘lini to‘sib turibdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
salahidin
31/08/2022 22:38
Таклиф булганда утарди хаммаси елгон
YAHYOBEK MUXTOROV
31/08/2022 22:09
Ха деб таклиф олавермасдан бирор жамоага ўтсинда энди, сиқилиб кеттикку
&
Абдурахмон лидер
01/09/2022 11:55
100% хак гап
&
FANAT M-YU
01/09/2022 06:37
Uzbekistondan ham taklif bo‘lgan Surxonda lekin so‘ngi laxzalarda Surzon zaxirada o‘tiradigan futbolchini olaslikga qaror qilgan
Шухрат Хусаинов
31/08/2022 22:53
Шомуродовдан бошка тема йукми урток журналистлар