
Tezkor xabar! Rafael Nadal US Open'da ishtirok etishdan bosh tortdi
Rafael Nadal tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi US Open turnirida ishtirok etmaydi. Bu haqda u o‘z tvitter sahifasida yozib qoldirdi.
Gap shundaki, 34 yoshli ispaniyalik raketka ustasi AQShda yuzaga kelgan koronavirus bilan bog‘liq jiddiy epidemiologik vaziyat sabab, o‘z sog‘ligini xavf ostiga qo‘yishni istamayapti.
Eslatib o‘tamiz, Nadal AQSh ochiq chempionatining amaldagi chempioni hisoblanadi. Shu bois, u chempion sifatida ushbu turnirdagi sovrinini himoya qilishi kerak edi.
Fikrlar