"The Best" sovrinini kim qo‘lga kiritishi aniq

  • 26 fevral, 2023, 14:46
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yilning eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan "The Best" sovrinini kim olishi aniq. "El Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, sovrinni Argentina terma jamoasi va PSJ hujumchisi Messi qo‘lga kiritadi.

Tecno

G‘olib 27 fevral kuni Parijda bo‘lib o‘tadigan tantanali marosimda e’lon qilinadi. Mazkur sovringa Leodan tashqari Kilian Mbappe (PSJ, Frantsiya) va Karim Benzema ("Real", Frantsiya) ham da’vogarlik qilmoqda.

Avvalroq, FIFA barcha da’vogarlarni marosimga kelishni so‘ragani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, "Real" futbolchilari FIFA marosimiga bormasligi haqida xabar berilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!