Timur Kapadze Olimpiadaga borishi kutilayotgan yulduz futbolchimiz kimligini aytdi

  • 7 iyun, 2024, 21:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Daryo internet nashriga bergan intervyusida Parij Olimpiadasiga "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodovni olib borishi mumkinligi haqidagi savolga javob qaytardi.  

Tecno

"Sog‘-salomat bo‘lsa, Eldorning Olimpiadada ishtirok etish ehtimoli katta. Uning o‘zi bilan ham gaplashdim, u ham Olimpiadada qatnashishni xohlayapti. Bunday futbolchidan foydalanish har bir terma jamoa uchun kuch beradi", - dedi Kapadze.

Bundan avvalroq Eldor Shomurodovning o‘zi ham Parij-2024 Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish istagi borligini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi musobaqaning “C” guruhida Ispaniya, Misr va Dominikan terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dili
08/06/2024 09:13
Бошини хамма жойга тикадида.бер ешларга булар жалол элдор ешлар уйнасин пишади