
Todibo: "Mashg‘ulotlarda Messiga teginish mumkin emasdi"
"Nitstsa" himoyachisi Jan-Kler Todibo 2019-2021 yillar oralig‘ida "Barselona" klubida to‘p tepgan. Kataloniyaliklar uni "Tuluza"dan 1 million evroga sotib olib, kelajakda asosiy futbolchilaridan biri bo‘lishiga ishonishgan. Ammo frantsuz "Shalke", "Benfika" va "Nitstsa" jamoalarida ijaraga berildi va faoliyatini Frantsiyada davom ettirishga qaror qildi.
Todibo "Barsa"da o‘ynab yurgan vaqtida sodir bo‘lgan qiziq voqealardan birini aytib berdi.
"Mashg‘ulotlarda bizga Messiga tegishimizga ruhsat berilmasdi. Bu ishonib bo‘lmaydigan gapdir, lekin haqiqat. Biz unga qarshi o‘ynayotganimizda ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak edi. Bu normal holat, u eng zo‘ri, siz uni xafa qila olmaysiz".
Todiboning Ispaniyada omadi chopmadi. Unga chuda kam o‘yin amaliyoti berilgan. Ammo ayni paytda u yana top klublar e’tiborida bo‘lib turibdi. Xususan, "Manchester Yunayted" himoyachiga qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar