Tokio-2020: Boks musobaqalarida qayd etilgan sensatsiyalar

  • 6 avgust, 2021, 14:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 6
  • Boks
CHERY AUTO

Ayni kunlarda Tokio shahri to‘rt yillikning eng nufuzli turniri Olimpiadaga mezbonlik qilmoqda. Albatta, olimpiya o‘yinlarida eng kuchlilar ishtirok etadi. Biroq, nisbatan g‘oliblikka asosiy da’vogarlar ham turnir avvalida e’tirof etiladi.

Bu Olimpiadadan oldin ham boks borasidagi musobaqalarda chempionlikka munosib deya e’tirof etilganlarning ko‘pchiligi O‘zbekiston hamda Qozog‘iston vakillari edi.

Ammo, boksda har qanday holat kuzatilishi mumkin. Ya’ni, sensatsiyalar juda ko‘p uchraydi. Bu Olimpiada ham bundan mustasno bo‘lmadi. Eng alamlisi, mazkur kutilmagan natijalar o‘zbekistonlik bokschilar ishtirokida ham sodir etildi.

Quyida, mana shunday sensatsiya qayd etilgan janglarga to‘xtalib o‘tamiz.

Mirazizbek Mirzahalilov (O‘zbekiston)  – Kurt Uolker (Irlandiya) 1/8 final

- Nazarimda ushbu jang haqida juda ko‘p yozildi. -57 kg vazn toifasida amaldagi jahon chempioni Mirazizbek Mirzahalilov afsuski ba’zi omillar tufayli o‘z yurishini dastlabki jangdayoq to‘xtatdi. Vaholanki, yurtdoshimiz Olimpiada avvalida g‘oliblikka eng asosiy da’vogarlardan biri edi. Ammo, hakamlik pand berdi va irland bokschisi g‘alabani tantana qildi.

uoker

Vasiliy Levit (Qozog‘iston) - Emanuel Reyes (Ispaniya) 1/8 final

- Rio Olimpiadasining kumush medal sohibi, ikki karra jahon chempionati sovrindori, bir necha bor qit’a birinchiligi g‘olibi va sovrindori qozog‘istonlik Vasiliy Levitni -91 kg vazn toifasida Tokiodagi muvaffaqiyatini bashorat qilganlar juda ham ko‘p bo‘lgandi. Chunki, bunga etarli sabablar ham bor edi. Rio Olimpiadasi finalini boksga ishqibozlik qiluvchi insonlar yaxshi eslashsa kerak. Finalda u rossiyalik Evgeniy Tishchenkoga bahsli tarzda mag‘lub bo‘lgandi. Vaholanki, uning g‘alaba qozongani boks jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilgandi.

Xullas, u ushbu Olimpiadada chempion bo‘lishga asosiy da’vogar hisoblanayotgandi. Ammo, dastlabki bosqichdayoq u ispan bokschisiga mag‘lub bo‘ldi. Ustiga-ustak nokaut bilan. Mana sizga super sensatsiya!

le

Amit Pangal (Hindiston) – Yuberjen Martines (Kolumbiya) 1/8 final

- Hindistonlik bokschi Amit Pangal ham -52 kg vazn toifasida chempionlikka asosiy nomzodlardan biri edi. Bu yo‘lda uni faqat hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov mag‘lub etishi mumkinligi haqida ham fikrlar ko‘p yangradi. Biroq, Olimpiadaga oddiy raqiblar tashrif buyurmasligini Kolumbiya vakili yana bir bor isbotladi. To‘g‘ri, Yuberjen Rio Olimpiadasining -49 kg vazndagi kumush medal sohibi hisoblanadi. Ammo, ushbu qarama-qarshilikda kolumbiyalikning imkoniyati juda past baholanayotgan edi. Ammo, Yuberjen Martines Hindiston yulduziga xech qanday imkoniyat qoldirmadi va haqli tarzda g‘alaba qozondi.

martines

Karlo Paalam (Filippin) – Shahobiddin Zoirov (O‘zbekiston)  ¼ final

- 52 kg vazn toifasida amaldagi Olimpiada va jahon chempioni hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov uchun bu jang juda omadsiz yakunlandi. Filippinlik charmqo‘lqop ustasi nomdor raqibiga qarshi munosib qarshilik ko‘rsata oldi. Afsuski, ikkinchi raunddagi jarohat yurtdoshimizga pand berib qo‘ydi va birinchi raunddagi hakamlar tomonidan taqdim etilgan ustunlik Paalamning sensatsiyasiga sababchi bo‘ldi.

paalam

Qamshibek Ko‘nkaboev (Qozog‘iston) – Richard Torres (AQSh) ½ final

- Eng og‘ir vazn toifasida hamyurtimiz Bahodir Jalolovga jiddiy qarshilik ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan qozog‘istonlik bokschini mag‘lubiyati ham kutilmagan bo‘ldi, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Richard Torresning ushbu jangdagi imkoniyati muxlislar va mutaxassislar tomonidan yuqori baholanmayotgandi. Biroq, Torres ushbu Olimpiadaga jiddiy hozirlik ko‘rganini namoyish etdi va kuchli raqibini tom ma’noda tiz cho‘ktirdi va o‘ziga xos sensatsiyani qayd etdi.

Shuningdek, ushbu voqeliklar sarasiga Delente Jonsonning qozog‘istonlik Abilayxan Jusupov va mezbon Riome Tanakani kolumbiyalik Yuberjen Martines ustidan qozonilgan g‘alabalarini ham qo‘shish mumkin.

torres_1

Garchi, boks muobaqalari davom etayotgan bo‘lsa-da, endi qayd etiladigan natijalar u qadar ajablanarli bo‘lmasa kerak!

Albatta, bu muxlislar va mutaxassislar tomonidan bildirilgan mulohazalar qolaversa, bokschilarning Olimpiadaga qadar qayd etgan natijalari asosida yuritilgan fikrlardir.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
06/08/2021 16:03
Бокс мусобақаларини бир гуруҳ кўт ҳакамлар гуруҳи бошқариб бормоқда. Юбанлар...
Baxil Alihuja
06/08/2021 17:34
Администраторлар ва Модераторлар! Каёкка караяпсизлар? "Филиппинлик чармқўлқоп устаси номдор рақибига қарши муносиб қаршилик кўрсата олди" Буни ёзган журналист боксни тушунади-ми? Хеч кандай каршилик курсата олгани ЙУК! Бу жангда хам доктор ва хакамлар филипинликка ёрдам бериб юборишди. Доктор хатто жарохатни караб, кон тухтатишга хам уринмади. 1-раундда муносиб калтак еган филипинликни доктор ва хакамлар асраб колишди.
O‘ktam Tolibov
06/08/2021 14:46
Bilol Binama,Sofian Oumia,Euvmir Marsial,Gleb Baxshi, Andrey Zamkovoy,Lazar Alvares,Yosbani Veytia bularning magʻlubiyati ham Sensatsiya
Jalol Axmedov
06/08/2021 16:23
Benama Bibosinov, Oumixa Keyshavin Devisga, Marsial Hichniakka, Bakshi Konsekaoga, Zamkavoy Iglasiasga, Alvares Batirgaziyevga, Veita Galal Yafaiga yutqazdi. Raqiblari darajasi o'zlari kabi yuqori ekanini hisobga olsa bu sensatsiya emas.
жоха TV
06/08/2021 23:23
Assalomu aleykum hammaga hech qanaqa sensatsiya bo'lmadi.Anig'roq qilip aytganda harakati yaxshi bómagan. Hakamlarga ishonmasa nakaut qilip yutsin edi.Maglubiyatga uchrasa hakamlarga ayibni og'darmasdan hatoni ózidan qidirish kerak.Masalan bizi bokschilarimiz birortasi jonini berip jang qilmadi pulga tóyip bólgan odamdek jang qildi hammasi. Bohodir Jalolov haqiqiy jonkuyar bokschi ekan malades jahon chempionatidaham yorgan Tokioda ham oltin medalli oladi hudo hohlasa.
Baxil Alihuja
07/08/2021 12:41
Умрида бокс тушмаган одам фикр билдирмаса яхши буларди! Агарда нокаут килиш осон булганда эди, жангларни хаммаси нокаут билан тугарди! Бу хаваскор бокс, профессионал эмас, жанглар кунора утказилади. Нокаутга харакат килса, кейинги жангга тикланиб улгурмайди.Жалолов бошка масала, уни вазни катта, зарбаси хам огир шунинг учун жанглари яхши куринмокда! Хакамларга купрок боглик! Хатто Жалолов хам, хакамлар карши турса енголмайди!Нокаутини такикланган зарба деб, Жарима килади, балл камайтиришади, кейин дисквалификация килиб чикарворишади.Боксчиларимизни аксарияти хакикий мард йигитлар! Харомхур футболчилардан ва хоким, вазирлардан фаркли равишда халол пул олишмокда!!!