
Tokio-2020: Voleybol bo‘yicha Olimpiada finali yakunlandi
Tokio Olimpiadasi doirasida erkaklar o‘rtasidagi voleybol bahslari ham o‘z yakuniga etdi. Turnir mobaynida barcha raqiblarini mag‘lub etib, final ostonasiga etib kelgan Frantsiya hamda Rossiya terma jamoalari murosasiz bahs olib bordi.
Dastlabki ikki setda 25:23, 25:17 hisobida ustun kelgan faranglar keyingi ikki setda 25:21, 25:21 natija bilan imkoniyatni boy berib qo‘ydi va barchasi 5-setda hal bo‘ldi.
Unda omad frantsuzlarga kulib boqdi va 15:12 hisobida g‘alaba qozonib, Olimpiada chempionlariga aylandi.
Fikrlar