
Tomas Vermalen APLning ikki klubidan taklif oldi
Kataloniyaning "Barselona" jamoasi himoyachisi Tomas Vermalen yozda APL klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
The Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Vermalen xizmatiga "Vest Xem" va "Everton" jamoalari tomonidan qiziqish bildirilmoqda. Har ikki klub belgiyalik himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashishadi. "Vest Xem" jamoasi Vermalen uchun bir yillik shartnoma taklif qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Tomas Vermalen mavsum yakuniga etganidan so‘ng "Barselona"ni erkin agent sifatida tark etadi.
Fikrlar