
Toni Fergyuson “Bellator”ning sobiq chempioni Maykl Chendlerga javob qaytardi
Engil vazn toifasidagi UFC jangchisi Toni Fergyuson “Bellator”ning sobiq chempioni Maykl Chendlerning jang chorloviga javob berdi.
“Kel, 2020 yilni o‘ziga xos uslubda yakunlaymiz. Chendler, ahmoq, buni o‘zing so‘rading. Dekabr”, - deb yozdi Fergyuson Instagram sahifasiga.
Avvalroq, Chendler Fergyusonga jang qilish taklifini bildirgan edi.
Ma’lumot uchun, Toni Fergyuson so‘nggi jangini Jastin Getjiga qarshi o‘tkazib, faoliyatidagi to‘rtinchi, UFC promoushenidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgandi. Shuningdek, uning hisobida 25 ta g‘alaba mavjud. Chendler esa, 25 ta g‘alaba qayd etgan, mag‘lubiyatlari 5 tani tashkil etadi.
Fikrlar