
Toni Fergyuson kasalxonada ham antiqa qiliqlarini davom ettirmoqda (Video)
Kuni kecha, "UFC 249" turnirida navbatdagi jangini o‘tkazgan engil vazn toifasi etakchilaridan biri Toni Fergyuson Jastin Getji tomonidan qaqshatqich tarzda mag‘lub etilgandi. Ma’lumki, Toni oktagondagi harakatlari, "xurmacha" qiliqlari bilan muxlislar diqqat e’tiborini tortar edi. U ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng, to‘g‘ri kasalxonaga olib ketilgandi. Hozirda uning ahvoli yaxshi va kasalxonada ham kayfiyati yaxshi ekanligini va mag‘lubiyatdan "sinib" qolmaganligini ko‘rsatish maqsadida Twitter sahifasiga raqs tushayotgan videosini joylagan. Quyida uni tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar