Top-5 chempionatlarda Yamalga teng keladigani topilmayapti

  • 04.09.2025 19:51
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal top-5 chempionatlarda eng ko‘p muvaffaqiyatli dribling amalga oshirgan futbolchi bo‘ldi.

18 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda bo‘lgani kabi muntazam ravishda raqiblarini yakkama-yakka holatlar aldab o‘tmoqda. Yamalning hisobida La Liganing atigi uchta turidan keyin 18 ta muvaffaqiyatli aldab o‘tish bor - bu Evropaning beshta etakchi chempionatidagi eng yaxshi ko‘rsatkich. Ikkinchi pog‘onani Bilbaoning "Atletik" klubi a’zosi Niko Uilyams (16), uchinchi o‘rinni "Tuluza" a’zosi Yann Gbo (13) egallagan. Keyingi o‘rinlarda Yankuba Minte ("Brayton", 11) va Kilian Mbappe ("Real", 10).

Lamin Yamalning hisobida nafaqat ko‘plab muvaffaqiyatli dribling urinishlari, balki ikkita gol va ikkita samarali uzatma ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!