“Top-5” ligada bu ko‘rsatkich bo‘yicha Abduqodir Husanovga teng keladigani yo‘q

  • 20 yanvar, 19:34
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milliy terma jamoamiz a’zosi Abduqodir Husanov "top-5" ligada o‘yinchilardan to‘pni olish qo‘yish bo‘yicha etakchilik qilmoqda. 
 
Gap shundaki, “Whoscored” portalining mahlumotlariga ko‘ra, Abduqodir kuchli beshlik chempionatlari orasida 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ichida hujumlarni to‘xtatib, raqibdan to‘pni olib qo‘yish bo‘yicha etakchi hisoblanadi. 20 yoshli himoyachimiz bu mavsum raqib jamoa futbolchilaridan 26 marta to‘pni qaytarib olib, hujumlarni to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan. 
 
Xabaringiz bor, Husanov Angliyaning “Manchester Siti” klubi bilan deyarli kelishuvga erishdi. Faqatgina klub mazkur transferni e’lon qilishi qoldi xolos. Ma’lum bo‘lishicha, hamyurtimiz manchesterliklar bilan to‘rt yarim yillik shartnomaga imzo chekkan. 

Ma’lumot o‘rnida, Xosep Gvardiola boshchiligidagi “shaharliklar” “Bunyodkor”ning sobiq futbolchisi uchun "Lans"ga 50 million evro atrofidagi summani to‘lamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!