Torres: "Valensiya"da qolishga so‘nggi damgacha harakat qildim

  • 05.08.2020 17:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaqindagina “Valensiya”dan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgan yarim himoyachi Ferran Torres so‘nggi damgacha ispan klubidan ketishni xohlamaganini aytdi.

“Men “Valensiya”da qolish uchun barcha ishni qildim. Men jamoada qolishni xohladim va bu borada o‘z talablarimni aytdim. Men jamoani etaklashga tayyor edim va meni shunga yarasha qadrlashlarini xohlardim. Ammo, rahbariyat meni olib qolishni istamadi”, - deydi Torres.

Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli ispaniyalik futbolchi “Siti” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. “Shaharliklar” esa uning transferi uchun “ko‘rshapalaklar”ga 25 million evro to‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!