
To‘rtta klub Mbappedan foydalanib qolmoqchi
“Real” kelasi mavsum oldidan tarkibiga PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni qo‘shib olishi kutilmoqda.
Agar 25 yoshli forvard Madridga keladigan bo‘lsa, “Qirollik klubi” tarkibda muayyan o‘zgarishlarni amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi.
Aniqroq aytganda, hujum chizig‘i vakillaridan kimdir o‘rnini Mbappega bo‘shatib beradi. Katta ehtimol bilan madridliklar Rodrigoning o‘yin vaqtini cheklaydi.
Bu vaziyatdan bir necha klublar foydalanib qolmoqchi. Sport.es saytining xabar berishicha, Angliya grandlaridan “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Arsenal” va “Liverpul” Rodrigo Goesni o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘zlayapti.
23 yoshli braziliyalik futbolchi “Real”ga 2019 yili olib kelingan. Rodrigo hujum chiziqining turli nuqtalarida o‘ynay oladi.
Fikrlar