Toshkent kikboksing bo‘yicha nufuzli xalqaro turnirga mezbonlik qiladi

CHERY AUTO

Joriy yilning 15-21 iyun kunlari Toshkent shahri kikboksing bo‘yicha ulkan turnirga mezbonlik qiladi. O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi raisi Oybek Narmetovning saytimizga ma’lum qilishicha, poytaxtimizda joylashgan muhtasham “O‘zbekiston” sport arenasi “O‘zbekiston Open” xalqaro turniriga mezbonlik qiladi.

Tecno

Mazkur xalqaro musobaqa nufuz jihatidan  markaziy Osiyoda ilk bora o‘tkaziladi. Shuningdek, ushbu turnirga WAKO oilasiga kiruvchi mamlakatlardan juda ko‘p ishtirokchilar hamda nufuzli mexmonlar kelishi kutilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda ushbu turnir o‘zbek kikboksingini yana yuqori salohiyatga ega ekanligi hamda yanada nufuzli bo‘lgan jahon va qit’a chempionatlarining o‘tkazishga qodir ekanligini namoyish etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!