
Toshkentda bo‘lib o‘tadigan jang kechasiga oid promo-rolikni tomosha qiling! (Video)
O‘zbekiston professional boks olamida tarixiy voqelik yuz berish arafasida, ya’ni, 3 aprel kuni Toshkent shahri ajoyib professional boks oqshomiga mezbonlik qiladi. Ilk bora, yurtimizda IBF hamda WBA chempionlik kamarlari uchun boks oqshomi tashkil etiladi.
Ma’lumki, ikkinchi o‘ta engil vazn (55.3 kg) toifasida IBF va WBA chempioni Murodjon Ahmadaliev hisoblanadi. Mazkur jang kechasining asosiy jangida Ahmadaliev(8-0, 6 KO) o‘z titullarini yaponiyalik Riosuka Ivasdan(27-3,17 KO) himoya qilsa, Shahram G‘iyosov (10-0,8 KO) rossiyalik Isa Chanievga (14-3,6 KO) qarshi, Isroil Madrimov (6-0,5 KO) o‘zi kabi mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Kongo Demokratik Respublikasi vakili Emmani Kolomboga (14-0,14 KO), Iqboljon Holdorov ukrainalik Vladimir Gordienkoga qarshi (8-3,3 KO) ringga ko‘tarilsa, Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov (2-0,2 KO) venesuelalik Aleksis Dias ( 25-2,17 KO) bilan jang qiladi.
Mazkur jang kechasiga oid "Matchroom" promouterlik kompaniyasi o‘ziga xos promo-rolik tayyorlagan. Quyida, ushbu video lavhani tomosha qilishingiz mumkin!
Fikrlar