Toshkentda tennis malikalari jam bo‘ladi
Joriy yilning 23-28 sentyabr kunlari Toshkentdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida tennis bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida "Tashkent Open – 2019" musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakatimiz tennis federatsiyasi va Xalqaro xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) tomonidan o‘tkaziladigan turnirda mamlakatimiz sharafini Sabina Sharipova, Oqgul Omonmurodova, Nigina Abduraimova va bir qator yosh tennischilarimiz himoya qiladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ushbu musobaqada rossiyalik Margarita Gasparyan bosh sovrin sohibasiga aylangan edi.

Fikrlar