
Toshkentdagi boks oqshomining ikkinchi markaziy jangida WBC Asia kamari sohibi jang qildi
Poytaxtimizda davom etayotgan professional boks oqshomining ikkinchi markaziy jangi ham o‘z yakuniga etdi.
Unda 79.4 kg vazn toifasida WBC Asia kamari soxibi, hamyurtimiz Abduhamid Hakimov yana bir yurtdoshimiz Alisher Habibullaevga qarshi reyting jangida ringga ko‘tarildi.
10 raunddan iborat ushbu to‘qnashuv juda qiziqarli va keskin tarzda boshlandi. Har ikkisi ajoyib tarzda jang olib borayotgan edi. Biroq ikkinchi raund yakunlanib borayotgan bir pallada Habibullaev elkasidan jiddiy jarohat oldi va jangni davom ettira olmadi.
Shu tarzda WBC Asia kamari soxibi Abduhamid Hakimov texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Oldinda bizni markaziy jang kutib turibdi. Kuzatishda davom eting!
Fikrlar