Toshkentdagi boks oqshomining to‘rtinchi jangi ham muddatidan avval yakunlandi

  • 29 may, 2021, 21:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkent mezbonligidagi professional boks kechasi davom etmoqda. Hozirga kelib uchta jang yakunlandi. Jang kechasidan o‘rin olgan 4-jang 66.7 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tdi.

Tecno

6 raundlik ushbu to‘qnashuvda hamyurtimiz Eldor Saidov yana bir yurtdoshimiz Sherzod Mamajonovga qarshi ringga ko‘tarildi. Ma’lumki, Eldor Saidov o‘z vaqtida Janubiy Koreyaning "Cocky Buffalo" promouterlik klubi bilan hamkorlik qilgan va jiddiy janglarda ham ishtirok etgandi.

Tajribali Sherzod Mamajonov birinchi raundda yomon taassurot qoldirmadi. Biroq, yosh baribir o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Raqibidan anchagina yosh bo‘lgan Saidovning ikkinchi raunddagi bir nechta aniq zarbalaridan so‘ng, Mamajonov uchinchi raundga chiqishdan bosh tortdi va shu tariqa Eldor Saidov g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!