"Tottenxem", "Arsenal" va "Everton" bir futbolchi uchun kurashmoqda

  • 30 yanvar, 2020, 19:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sautgempton” klubi yarim himoyachisi Per-Emil Xeyberg faoliyatini “Tottenxem”da davom ettirishi mumkin.

Tecno

Sky Sports tarqatgan xabarga qaraganda “shporlar” joriy qishki transferlar oynasi yopilgunicha Xeybergning transferini yakunlashmoqchi.

Biroq, “Sautgempton” bosh murabbiyi Ralf Xazenxyuttl jamoaning asosiy futbolchilaridan birini mavsum o‘rtasida qo‘yib yubormoqchi emas. Shu bois Xeybergning transferi katta ehtimol bilan yozga qolib ketishi mumkin.

Aytish kerakki, Daniya terma jamoasi a’zosiga “Tottenxem”dan tashqari “Arsenal” va “Everton” ham xaridor bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli futbolchi joriy mavsum APLda 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!