
“Tottenxem” Angliya chempioni bo‘ladi
London klubi hujumchisi Harri Keyn mavsum oxirida “Tottenxem” bosh sovringa ega chiqishini ta’kidlamoqda.
- Agar jamoamizning kurashuvchanlik qobiliyatiga qarasangiz, bosh sovrinni qo‘lga kiritishga kuchimiz etishini ko‘rasiz. Biz avval ham bunga yaqin bo‘lganmiz, lekin omadimiz kelmagan. Bu mavsumda boshqalardan sezilarli darajada ilgarilab ketadigan jamoa bo‘lmaydi. Tarkibimizda Garet Beyl, Jo Xart singari tajribali etakchilarning borligi ham yutug‘imiz, - deydi Harri Keyn.
Ayni paytda Joze Mourino shogirdlari yuqori o‘rinlarda bormoqda. Bosh murabbiy klub rahbariyatiga “Tottenxem”ni Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashishiga ishontirgan. Buning uchun klub xo‘jayinlari Mourinoni transferlar bilan qo‘llab-quvvatlashi kerak bo‘ladi.
Fikrlar