“Tottenxem” bir o‘yinchini olish uchun to‘rttasini bermoqchi

  • 16 iyul, 2022, 14:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” qator grandlar bilan “Sevilya” himoyachisi Jyul Kundeni talashmoqda.

Tecno

“Shporlar” Andalusiya klubini rozi qilish uchun frantsiyalik himoyachi transferiga o‘zining to‘rt futbolchisidan birini tanlashni taklif qilmoqda. London klubi Jovanni Lo Chelso, Tangi Ndombele, Garri Uinks va  Serxio Regilonni “Sevilya”ga jo‘natishga tayyor.

“Tottenxem” bosh murabbiyi Antonio Konte himoya markazini aynan Kunde yordamida mustahkamlashga qaror qilgan. Biroq ispanlar o‘z yulduzi uchun 90 million evro talab qilayotgani xaridorlarning ishini qiyinlashtiryapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, agar “Sevilya” angliyaliklarning taklifini qabul qilsa, La Liga bilan yaxshi tanish bo‘lgan Serxio Regilonni tanlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!