
“Tottenxem” futbolchilari rahbariyatga norozilik bildirdi
“Tottenxem” futbolchilari klub rahbariyatining ayrim xodimlari o‘yin vaqtida texnik hududga kelib, zaxira o‘rindig‘iga o‘tirib olayotganidan norozi bo‘lmoqda.
Klub xodimlarining bu ishi futbolchilarga xalaqit qilmoqda. O‘yinchilar rahbariyat vakillari oldida birbiri bilan erkin muloqot qila olmayapti. Bundan tashqari, ayrim xodimlar harakati ma’qul kelmagan futbolchilarga ovozini ko‘targan holatlar ham bo‘layotgani aytilyapti.
Nunu Eshpiritu Santu boshqarayotgan “Tottenxem” uchinchi tur yakunlariga ko‘ra, barcha uchrashuvlarni g‘alaba bilan yakulagan yagona jamoa sifatida birinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar