"Tottenxem" futbolchisi Turkiyaga yo‘l olishni istamoqda

  • 27.08.2025 18:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"TalkSPORT" nashrining ma’lum qilishicha, "Tottenxem" yarim himoyachisi Iv Bissuma Turkiyaning "Galatasaray" klubiga yo‘l olishi mumkin.

28 yoshli xavbek ijara asosida Istanbul klubiga qo‘shiladi, shartnomada esa sotib olish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

Joriy mavsumda Bissuma "shporlar" tarkibiga biror marta ham kiritilmagan. Murabbiy Tomas Frank uni muntazam kechikib yurgani uchun jamoa ro‘yxatidan chiqarib tashladi.

Bissuma 2022 yildan beri "Tottenxem" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!