«Tottenxem» himoyachi bilan shartnomani uzaytirish arafasida
«Tottenxem» klubi flang himoyachisi Pedro Porro bilan shartnomani uzaytirish arafasida turibdi. Bu haqida futbol olamida ishonchli manba sifatida tanilgan insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 26 yoshli Porro bilan yangi kelishuv to‘rt mavsumga mo‘ljallanmoqda va u 2030 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.
Romano ta'kidlashicha, «Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi Pedro Porroni jamoadagi eng muhim futbolchilardan biri, deyarli almashtirib bo‘lmaydigan o‘yinchi sifatida ko‘radi.
Avvalroq Porroning nomi katta maqomga ega bir qator klublar bilan, jumladan «Real» va «Manchester Siti» bilan bog‘langandi. Transfermarkt portali himoyachining bozor qiymatini 35 million yevro atrofida baholamoqda.
Hozirda Pedro Porro Ispaniya terma jamoasi ixtiyorida bo‘lib, jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Fikrlar