
"Tottenxem" hujumchisi "Lokomotiv"ga ko‘chib o‘tishi mumkin
"Tottenxem" klubi forvardi Vinsent Yanssen faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda 24 yoshli gollandiyalik futbolchiga Moskvaning "Lokomotiv" klubi jiddiy qiziqib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Yanssen joriy mavsum jarohatlar sabab APLda bor yo‘g‘i 3ta o‘yinda ishtirok etdi xolos. “Lokomotiv” esa chempionatda kumush medallarni qo‘lga kiritdi va yangi mavsumda EChLda ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar