
“Tottenxem” Keynning yoniga yana bir superhujumchi olib kelmoqchi
“Tottenxem” rahbariyati asosiy to‘purar Harri Keynni “Manchester Siti”ga qo‘yib yubormayapti. Klub prezidenti Daniel Levi hujum chizig‘ini yanada kuchaytirish maqsadida “Inter”dan Lautaro Martinesni olib kelishga qaror qildi.
Daniel Levi argentinalik hujumchi uchun Italiya chempioniga 77 million funt taklif qilishni rejalashtirmoqda. Shu tariqa, londonliklar Lautaro bilan tarkibni kuchaytiradi, Harri Keyn ketib qolgan taqdirda ham jamoa yuqori saviyali hujumchisiz qolmaydi.
“Inter” xo‘jayinlari agar ularga ma’qul narx taklif qilinadigan bo‘lsa, Lautaroni qo‘yib yuborishi mumkinligini ma’lum qilgan. Agar argentinalik futbolchi qolishni istasa, qo‘lida imzolanishi kerak bo‘lgan besh yillik bitim turibdi.
Fikrlar