“Tottenxem” “Manchester Siti” hujumchisi transferini hal qildi
"Manchester Siti"ning braziliyalik hujumchisi Savinyo "Tottenxem"ga o‘tish arafasida. Klublar va futbolchi vakillari o‘rtasidagi muzokaralar faol davom etmoqda va hozirda printsipial kelishuvga erishilgan. Bu haqida insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Savinyo "Tottenxem"ning uzoq muddatli loyihasiga rozi bo‘lgan va uning klub bilan shartnomasi 2031 yilning yozigacha amal qiladi. Ushbu transferning harakatlantiruvchi kuchi londonliklarning yangi murabbiyi Roberto De Dzerbi bo‘lib, u 22 yoshli braziliyalikni jamoaning hujum chizig‘iga mukammal qo‘shimcha sifatida ko‘rmoqda.
O‘tgan mavsumda Saviyo "Manchester Siti" safida 36 ta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 35 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar