
"Tottenxem" nega Pochettinoni iste’foga chiqardi? Mourino joyini topdimi? - Davron Fayzievdan javob
Xabaringiz bor, "Tottenxem" Maurisio Pochettino iste’foga chiqarib, uning o‘rniga Joze Mourinoni taklif qildi.
O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziev telegramdagi o‘zining sahifasida ushbu voqelikka quyidagicha fikr bildirdi.
- Hayotda shunday tushunarsiz vaziyatlar bo‘lib turar ekan. "Tottenxem" Angliyada top-to‘rtlikdan tashqaridagi kuchli o‘rtamiyonadan top-oltilikning stabil a’zosigacha bo‘lgan yo‘lni Maurisio Pochettino bilan birga bosib o‘tdi. Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashuvchi pozitsiyasidan shu turnir finalchisi darajasiga etdi. "Tottenxem" top-6 ichida byudjeti kamrog‘i, lekin to‘rtinchi o‘rindan pastga tushmasdi. Stadion qurilayotganda transferga mablag‘ ajratilmadi umuman. "Shporlar" yoqimli futbol namoyish etib kelishdi, ya’ni - biz kuchsizmiz, deb ikkinchi raqam bo‘lib o‘ynashni odat qilishmadi. Pochettino barqaror o‘sishga erishayotgandi. Uni bo‘shatish fikri Levida qaerdan paydo bo‘ldi? Omadsiz startmi? Balki. Lekin, real olib qaraganda, bu mavsum "Liverpul" va "Manchester Siti"ga bas kelish qiyinligini hamma tushunyapti. "Tottenxem"ga Joze Mourino murabbiy bo‘ldi. Bundan hulosa - klub imkoniyatlari kengayadi. Pochettino bor imkoniyatdan maksimal foydalanardi. Mourino esa talabni katta qo‘yadi. Talabga yarasha titullar ham yuta oladi. TOP murabbiy! Maurisioga esa bir narsa etishmadi - titul. Faqat bitta tomoni menga yoqmadi, og‘ir davrda jamoani tortgan Pochettinoga nisbatan etarlicha xurmat ko‘rsatilmagani. Shuni hisobga olmasa, qolgani yaxshi. Pochettino "Tottenxem"dan kam bo‘lmagan jamoada ishlasa kerak. Mourino joyiga keldi, qadriyatlar hali o‘yin uslubigacha ta’sir qiladigan darajada ildiz otmagan, yutuqlarga to‘ymagan klub. Yo‘nalishni o‘zi belgilaydi. Uchinchi tomon - klubning o‘zi. Uning foyda zararini esa vaqt ko‘rsatadi. Maur ketdi, Maur keldi, - deya yozib qoldirgan Davron Fayziev.
Fikrlar
Shu mavzuga men xam bir oz izox bersam Davron oka Mourino top murabbiy etdilar xa bolgan ammo yaqin 10yil ichida bu top murabbiyga kiritish biroz no urinmikin agar pochitino bn moura ikkovin qoyganda ovoz yigishda manimcha 75 25 bolsa kerak mourino chelseada nima yutuq olip berdi man unt togri pochitino nima olip berdi deyish mumkun ammo u totenxam klub umr davomida eng yaxshi murabbiy boldi deb oylima endi qaytip bunaq murabbiy kelmasa kerak mourino chelsea va man unt qanday omadsizli qilgan bolsa shunday davom etadi chunki u fudbolchilarni qadrini va iqtidorni bilmaydi falsafasa faqat boydor uyinchalar deb xisoplaydi M.Salah De bruyne bir qancha yuldizlarni bilmaga shu murabbiy top murabbiy deb xisoplamayman realda top deb xisoplanadirda a real uzi top klub ediku osha vaqtlarda deyarli xozir xam Pochitino agar bavariyaga kelsa yaxshi boladi sovrindor klub sovrini kopayip reytingi kotariladi va motuvatsia kuchayip liga chm olip berishiga ishonama
Chelsini qanaqa boshqarganini Angliya uefa Agnliya kubogini ogan hisobla rosa koʼp